Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.H. Kogon tumanidagi “K.Z.” MCHJ rahbari S.R.ga oʻzini goʻyoki “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Buxoro viloyat boʻlinmasi masʼul xodimi sifatida tanishtirib, MCHJning “Beklar” MFY hududidagi 50 gektar ekin yer maydonida vakolatli tanishlari yordamida 50 mln soʻm evaziga qurilish ishlariga ruxsat olib berishini aytib, shundan 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.