Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. tadbirkor Oʻ.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida, goʻyoki Andijon shahrida qurilishi rejalashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi qurilishini tender savdolari orqali olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.