Endi 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil toʻlov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.
Yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan barcha tadbirkorlar kelasi yil 1-yanvardan bir xil, yaʼni aylanmadan 1 foiz soliq toʻlashga oʻtkaziladi.
Masalan, hozir aylanmasi 100 million soʻmgacha boʻlgan yakka tadbirkor yillik 12 million soʻmgacha qatʼiy soliq oʻrniga koʻpi bilan 1 million soʻm toʻlaydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.
«Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion soʻm, tasavvur qilayapsizlarmi, 1 trillion soʻm qolayapti. Bu – kichik biznes uchun qoʻshimcha resurs, yakka tadbirkorlar oʻz biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat», — dedi Prezident.









