Xususan, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24 iyun kuni qabul qilingan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori tadbirkorlik sub'yektlariga yanada qulaylik yaratdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat xizmatlari markazlari yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat ro'yxatidan o'tkazishning soddalashtirilgan elektron tartibi joriy etildi.

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamentida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi, franshizing to'g'risidagi shartnomalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish holatlari va franshizing to'g'risidagi shartnomalarni davlat ro'yxatidan o'tkazishning yagona davlat reestrini yuritish tartibi joriy etildi.

Endilikda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda YaIDXPda davlat xizmatlari ko'rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko'rib chiqilishini monitoring qilib borish tartibi joriy etildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash, bu yo'nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini to'g'ri anglagan holda amalda to'liq va bir xilda ijrosini tashkil etish — barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslarning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo'lishi shart.

Furqat Yo'ldoshev,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi