Qaror loyihasiga koʻra, Toshkent shahri hududida Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar oʻrnatiladigan joylarning boshlangʻich narxi chorraha va koʻchalarda sutka davomida avtotransport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligiga bogʻliq boʻladi.
Xususan, sutka davomida 20 mingtagacha avtotransport vositalari harakatlanadigan koʻcha va chorrahalarga Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar oʻrnatish huquqi auksion orqali boshlangʻich bahosi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida belgilanadi.

Shu bilan birga, qaror loyihasida Toshkent shahar hududida intellektual videokameralar va statsionar radarlar oʻrnatilishi lozim boʻlgan joylar roʻyxati ham keltiriladi.
Mazkur roʻyxatga koʻra, Toshkent shahrining 462 ta manzil-hududida jami 2417 ta videokamera va 157 ta radar tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilishi belgilanmoqda.









