– soliqlarni to'lashni kechiktirish mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan 3 oy muddatda soliq organlarini xabardor qilgan va uning to'lanishini ta'minlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;
– er uchastkasi, bino va inshootlar soliq to'lovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk solig'i va er solig'i bo'yicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi to'liq miqdorda undiriladi;
– soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik sub'ektlariga soliqlarni to'lashni kechiktirish taqdim etilmaydi.