Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ-39-son, 23.01.2024-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

    Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

    • “AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
    • “VVV”, “VV” va “V” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
    • “SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
    • “D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

    Reyting Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

    Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoniga tavsiya etiladi.