Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlash tartibi belgilandi

    Hukumat qarori (55-son, 30.01.2024-y.) bilan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Prezidentning tegishli qarori bilan 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan.

    Nizomga koʻra, reyting Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingni” elektron platformasida onlayn shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

    Tadbirkorlar faoliyatini baholash koʻrsatkichlari boʻyicha umumiy ball baholash vaqtida amalda boʻlgan koʻrsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yigʻindisidan kelib chiqib belgilanadi.

    Maʼlumotlar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.

    Reying maʼlumotlari boʻyicha eʼtirozlar boʻlsa, Soliq qoʻmitasiga murojaat qilinadi.

    Shunga koʻra, bildirilgan eʼtirozlar 1 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.

    Savdo-sanoat palatasi reyting maʼlumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib boradi.

    Nizom faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.