Prezidentning 03.12.2024-yildagi “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-417-son qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi:
- hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;
- davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish;
- “B2B” va «V2S« formatida «marketpleys« shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish;
- davlat buyurtmachilari tomonidan ustuvor ravishda Ishlab chiqaruvchilar ekotizimiga kiritilgan ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni xarid qilish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida xarid qilish boʻyicha alohida tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ishlab chiqaruvchilar ekotizimining toʻliq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida «davlat xaridlari – biznesga koʻmak« tamoyili asosida «tadbirkorbay« ishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ishlab chiqaruvchilar davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidan roʻyxatdan oʻtkaziladi, shuningdek, ularning ofertalari bir vaqtning oʻzida barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida joylashtiriladi.
Elektron doʻkon va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolarida ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan yetkazib berilgan tovarlar miqdoriga mutanosib ravishda haq toʻlab beriladi.
“Yuqori” va “oʻrta” barqarorlik reytingi toifalariga mansub tadbirkorlik subyektlari hisoblangan ishlab chiqaruvchilarga barcha elektron tizimlarda – davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yigʻimi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etiladi. Shuningdek, ularga qoʻshimcha zakalat kiritmaslikka ruxsat beriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari davlat xaridlarini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar, shuningdek, import ulushini keskin kamaytirib borish kabi mezonlar asosida belgilanadi.
Bundan tashqari, xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari jarayonidagi faoliyatini elektron axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida maxsus axborot portalida inson omilisiz baholab boruvchi skoring tizimi joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 03.12.2024-yildan kuchga kirdi.