Bu haqda Prezident mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, sharoit qilib berilgani uchun joylarda xususiy sheriklik asosida 1 mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.
Shu bilan birga, mahalla binolarini zamonaviy servis obyektiga aylantirish uchun tadbirkorlarga qoʻshimcha yengilliklar beriladi.
Eng avvalo, viloyat “Islohotlar shtabi” tadbirkorlar bilan maslahat qilib, mahalla binosi qurish uchun aniq joyni belgilaydi, yer ajratish qarorini chiqarib beradi.
Shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3-yil muddatga yer va mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi.
Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7-yil boʻladi.
Bino egasi boʻlgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlaydi.









