— Yarmarkani tashkil etishimizdan maqsad kredit olib tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki bozorda xaridor topish va ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat, — deydi Qarshi shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi G.Mamadalieva.

Yarmarkada 45 nafar xotin-qiz o'zlari ishlab chiqargan mahsulot bilan ishtirok etdi.