Unda xo'jalik faoliyatida o'tkazilgan tekshiruvdan norozi ekani aytilib, huquqlarini muhofaza qilishda ko'maklashish so'ralgan.
Ma'lum bo'lishicha, Davlatobod tuman aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi a'zosi – Davlatobod tuman qurilish bo'limi boshlig'i D. B. tomonidan “Ismoil ota” fermer xo'jaligining faoliyatida noqonuniy tekshiruv o'tkazilgan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar D.B. ga nisbatan Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 2412-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida, ya'ni 10,8 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi.