Tadbirda fuqaro Sh.S. tadbirkor M.ning ishonchiga kirib, Honqa tumani hududidagi 296 kv metr yer maydoni uchun oʻtkazilayotgan auksiondan chiqib ketish va ushbu yer maydonini auksionda yutib olish uchun unga sharoit yaratib berish evaziga 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.