Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimligining bosh yuriskonsulti B.N. “B.S.” MCHJ tomonidan ochilgan doʻkonning egalik huquqini bekor qilish yuzasidan sudlar tomonidan koʻrilayotgan apellyatsiya ishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni 1 500 AQSH dollariga kelishib, shundan 500 AQSH dollarini ishni boshlash bahonasida qoʻlga kiritib, qolgan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.