Tekshiruvda “K.U.” MCHJ sobiq ombor mudiri F.S. MCHJning “Moddiy javobgarlik toʻgʻrisida”gi shartnomasiga koʻra, unga ishonib topshirilgan 1,1 mlrd soʻmlik xoʻjalik va elektr mollarini yuk xatlarsiz ombordan chiqarib, ushbu tovarlarni naqd pulga sotib yuborib oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, juda koʻp miqdordagi oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.