Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.O.” MCHJning filial boshqaruvchisi A.N. va ombor mudiri A.I.lar “O.K.” MCHJdan savdoga qoʻyish uchun yuk xatlari asosida yuborilgan 169,3 mln soʻmlik maishiy texnikalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.