Tekshiruvda, fuqarolar S.S. va G.A.lar yakka tartibdagi tadbirkorlar B.K. va M.M.ga tegishli qurilish ishlarida qoʻllaniladigan yangi metalldan ishlangan umumiy bahosi 285 mln soʻmlik qoliplarni (opalubka) ijaraga olishib, ijara pullarini bermasdan, qoliplarni boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.