Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarni himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.N.” MCHJ avtoxoʻjalik boʻlimi boshligʻi M.A. va boshqalar oʻzlarining moddiy javobgarligidagi jami 19,3 ming litr dizel va benzin yoqilgʻisini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.