Tadqiqot: 2050-yilga kelib, Angliyada 6 milliondan ortiq obyekt suv ostida qolishi mumkin

    2050-yilga kelib, suv toshqini xavfi tufayli Angliyada 6 milliondan ortiq obyekt suv ostida qolishi mumkin.

    Bu haqda Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EA) hisobotida aytiladi.

    “Angliyadagi 6,3 millionga yaqin ko'chmas mulk obyektlari (uylar va korxonalar) bir yoki bir nechta manbalardan: daryolar, dengizlar, yer usti suvi toshqini xavfi ostida bo'lgan hududlarda joylashgan”, deyiladi hujjatda.

    Tadqiqotga ko'ra, iqlim o'zgarishi sababli suv toshqini xavfi ostida bo'lgan uylar va boshqa obyektlarning umumiy soni 2050-yilga borib 8 millionga etishi mumkin.

    “Boshqacha qilib aytganda, asrning o'rtalariga kelib, Angliyadagi har to'rtta obyektdan biri suv toshqini xavfi ostida bo'lgan hududlarda bo'ladi”, deyiladi hisobotda.

    Olimlar kuchliroq suv toshqini mamlakat uchun dahshatli iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shunday qilib, 2016-yildan 2019-yilgacha bo'lgan davrda Angliya va Uelsdagi toshqinlar turli hisob-kitoblarga ko'ra 504 dan 924 million funt sterlinggacha zarar keltirdi.

    Buyuk Britaniyada har yili tez-tez kuzatiladigan yog'ingarchilik tufayli kuchli suv toshqini sodir bo'ladi. Joriy yilning sentabr oyida kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqini Angliya bo'ylab 650 ga yaqin binoni suv ostida qoldirdi, deb xabar beradi report.az.