AQSHning Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari esa qarish jarayonini sekinlashtirish ham ayni shu omilga bogʻliqligini isbotladi. Yana ham aniqrogʻi, odamlar bunga oziq-ovqat mahsulotlari orqali qabul qilinadigan kaloriyani cheklash yoʻli bilan erishishlari mumkin.
Dastlab tadqiqot jonivorlarda sinovdan oʻtkazildi va natija kutilganidek muvaffaqiyatli boʻldi. Navbatdagi bosqichda klinik tajribaga 220 nafar sogʻlom erkak va ayol jalb etildi. Birinchi guruhga moʻljallangan ovqatlanish ratsioniga hech qanday oʻzgartirish kiritilmadi.
Ikkinchi guruh taomnomasidan joy olgan xuddi shu mahsulotlar esa 25 foiz kamroq kaloriya bilan taqdim etildi. Sinov ikki yil davom etdi. Kuzatuv boshida, oʻrtasida va oxirida ishtirokchilardan qon namunalari olindi. Shu tariqa olimlar yoshga qarab oʻzgaradigan va qarish jarayoniga taʼsir koʻrsatuvchi leykotsitlarning DNK tahlilini oʻrganishdi.
Yakunda ikkinchi guruhga jalb qilingan kishilarda qarish darajasi birinchi guruhga nisbatan 2-3 foizga pasaygani maʼlum boʻldi. Oʻz navbatida, bu sekinlashuv oʻlim xavfining 10-15 foizga kamaytirishi aniqlandi.