Buning uchun inson tanasidan ajratib olingan yogʻ hujayralariga laboratoriya sharoitida ishlov berilib, ular xavfli oʻsmalar joylashgan aʼzolarga yuboriladi.
Natijada genetik jihatdan oʻzgartirilgan hujayralar tanadagi 5 turdagi saraton oʻsmalari bilan kurasha boshlaydi.
Tadqiqotchilar yangi usulni jonivorlarda sinovdan oʻtkazdi. Yakunda yogʻ hujayralari oshqozon osti, prostata va koʻkrak bezi saratoni kabi xavfli oʻsmalarni muvaffaqiyatli yoʻq qilishi tasdiqlandi.
“Bu hujayralarni muolaja jarayonida qoʻllash qulay. Qolaversa, ularni nojoʻya taʼsirlarsiz ajratib olish, oʻzgartirish va qayta tiklash oson”, — deydi tadqiqot guruhi rahbari Nadav Ahituv.