Tadqiqot: sentabr oyida yengil avtomobillar savdosi 25,5 foizga kamaydi

    Fan 16 Oktabr 2024 451

    Eng katta pasayish Andijon – 9,1 foiz, Qashqadaryo – 7,9 foiz va Toshkent – 7,7 foiz viloyatlarida qayd etilgan.

    Oʻzbekiston avtomobil bozorining 2024-yil sentyabr oyidagi holatini tahlili natijalari eʼlon qilindi.

    Sentyabr oyida Oʻzbekistonda avtotransport vositalarining umumiy savdosi 110,1 ming donani tashkil etdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 1,1 foizga kam. Faollikning sezilarli pasayishi yillik hisobda 25,5 foiz kuzatilmoqda.

    Sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 0,3 foizga bir oz pasaydi va 101,6 ming donani tashkil etdi.

    Oʻtgan yilga nisbatan sezilarli pasayish kuzatilmoqda: yengil avtomobillar savdosi 25,5 foizga kamaydi.

    Hududlar boʻyicha yengil avtomobillar savdosi shuni koʻrsatadiki, sentyabr oyida eng katta pasayish Andijon – 9,1 foiz, Qashqadaryo – 7,9 foiz va Toshkent – 7,7 foiz viloyatlarida qayd etilgan.

    Joriy yilning III choragida avtomobillar savdosi 295,6 mingtani tashkil etdi, shu davrga nisbatan yillik pasayish 26,8 foizni tashkil etdi.

    Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

    Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar oʻtgan oyga nisbatan 10,3 foizga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan qariyb 3,8 mingta avtomobilni tashkil etadi. Yillik koʻrsatkichlarda faollik barqarorlashmoqda, avgust oyida savdoning pasayishi 1foiz darajasida boʻlsa, sentyabr oyida 7,7 foiz oʻsish kuzatildi.

    Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi oʻsishda davom etmoqda. Sentyabr oyida sotuvlar 10,8foizga oʻsib, 37,6 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik hisobda oʻsish 12foiz ni tashkil yetdi.

    Xorijiy yengil avtomobillari segmenti oʻsib bormoqda

    Oʻzbekistonda xorijiy yengil avtomobillar bozori oʻsishda davom etdi. Avgust oyida ushbu segmentdagi savdo 25,6foizga oshgan boʻlsa-da, sentyabr oyida oʻsish 4,5foizga sekinlashdi va 3,3 ming donani tashkil etdi.

    Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori

    Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotuvlar oʻsishining sekinlashishini koʻrsatdi va sotish hajmining yillik pasayishi tendensiyasini saqlab qoldi. Xususan, sentyabr oyida avtomobillar ikkilamchi bozoridagi faollik oʻtgan oyga nisbatan 6,3foizga kamaydi. Hisobot davrida ushbu segmentda 60,5 mingta avtomobil sotilgan. Umuman olganda, yil davomida sotuvlar 38,4foizga kamaydi.

    Elektromobillar bozoridagi vaziyat

    Yengil elektromobillar vositalari segmenti faollikning oshishini koʻrsatadi. Sotish hajmi rekord darajada 2,4 baravar oshdi, bu butun kuzatuv davridagi eng katta oʻsishdir. Sentyabr oyida 4,24 mingta elektromobillar sotilgan, avgust oyida esa 1,7 ming dona sotilgan.

    Hududlar boʻyicha savdolarning eng katta oʻsishi Toshkent shahrida – 3180 dona, Toshkent – 285 dona va Andijon viloyatlarida – 119 dona qayd etildi.

    Yillik oʻlchovda elektr transport vositalarining savdosi deyarli 17foizga oshdi.

    Shu yilning III choragida yengil elektr transport vositalarini sotish 9,3 mingtani tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,6foizga kamaydi.