Qayd etilishicha, uch yil davom etgan keng qamrovli tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 2000 nafardan ortiq sogʻlom odamlar ishtirok etgan.

Tajriba qatnashchilari ikki guruhga boʻlingan holda, belgilangan muddatda D hamda Omega-3 vitaminlarini turli kombinatsiyalarda qabul qilib, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullandi.

Eng samarali natija Omega-3 darmondorisini qabul qilgan guruhda qayd etildi: tegishli tekshiruvlardan soʻng ularda hujayralarning qarishi sezilarli darajada sekinlashgani aniqlandi.

Oʻz navbatida, D vitamini va jismoniy mashgʻulotlar ham ijobiy natija berishi maʼlum boʻldi.

Olimlarning yakuniy xulosasiga koʻra, Omega-3 va D vitaminlari hamda muntazam jismoniy mashqlarni oʻz ichiga olgan kompleks yondashuv insonlarda qarish tezligini 1-4 foizga sekinlashtirishi mumkin.