Nizom oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va tadbirkorlar oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishlari;
  • umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish tartibi;
  • tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar toʻgaraklarini tashkil etish asoslari;
  • umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

Kasb toʻgaraklariga kasbga qiziqishi boʻlgan 7–11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi.

2025-yildan 8-sinf oʻquvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

  • 2024/2025 oʻquv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.