Unga muvofiq, tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.

Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 25 million AQSH dollari miqdoridagi bir martalik begʻaraz toʻlovi;
  • xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
  • Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:

  • Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni oʻtkazish uchun grantlar ajratish;
  • ekspertlik, tadqiqotga oid va boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi mahalliy va xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar xizmat haqi uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
  • tahlil va tadqiqot yoʻnalishida tuzilgan vaqtinchalik loyiha guruhlari faoliyatini moliyalashtirish;
  • ijtimoiy soʻrovlar va jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • tahlilchilar va mutaxassislarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish;
  • nashrlar, adabiyotlar, maʼlumotlar bazalari va tadqiqotlar natijalarini tayyorlash va xarid qilish hamda ularga obuna boʻlish;
  • ilmiy-tadqiqot sohasidagi konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish hamda ularning ishida ishtirok etish xarajatlarinish;
  • Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplash.

Jamgʻarma mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.