Maʼlumki, Butunjahon taekvondo WT taqvim rejasida 2 ta reyting turniri boʻlib, unda Olimpiada ochkolari oʻynaladi.
Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz 2 guruhga boʻlingan holda ishtirok etadi.
6-fevral kuni BAAda “Fujairah Open-2022” musobaqasi start oladi.
Kecha tunda ushbu turnirda qatnashadigan taekvondochilarimiz BAAga joʻnab ketdi. Jumladan:
Erkaklar:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev, Omonjon Otajonov
-63 kg: Niyoz Poʻlatov
-68 kg: Ulugʻbek Rashitov, Sardor Toirov
-74 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Nikita Rafalovich
Ayollar:
-53 kg: Charos Qayumova
-62 kg: Feruza Sadikova
+73 kg: Svetlana Osipova, Iroda Mirtojiyeva
Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati