Milliy olimpiya qoʻmitasidan xabar qilishlaricha, bugun tongda har ikki musobaqada ishtirok etadigan terma jamoalarimiz Yevropa safariga yoʻl olishdi.
Qayd etish joiz, taekvondo Gran-prisida terma jamoamiz ilk bor 8 nafar sportchi bilan qatnashadi. Jamoamiz Rim safariga quyidagi tarkibda joʻnab ketdi:
Ulugʻbek Rashitov
Niyaz Poʻlatov
Shuhrat Salayev
Nikita Rafalovich
Shohruh Rajabov
Svetlana Osipova
Charos Qayumova
Feruza Sadikova
Tbilisi “Katta dubulgʻa” musobaqasida dunyoning 38 mamlakatidan 300 nafarga yaqin dzyudochi gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun quyidagi 13 sportchini jalb qilgan:
Sportchilar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov, Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov, Bobur Vadjiyev
-73 kg: Obidxon Noʻmonov, Murodjon Yoʻldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev, Ulugʻbek Oʻroqov
-90 kg: Bahodir Panjiyev, Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek Toʻraboyev
+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov
Murabbiylar: Ilias Iliadis, Ulugʻbek Azizov