Chempionatda ishtirokchilar taekvondo ITFning shaxsiy va jamoaviy massogi yoʻnalishlarida oʻzaro bahslashdi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan ushbu musobaqada barcha hududlardan 500 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun dayanga chiqishdi.
Musobaqa doirasida milliy terma jamoamiz aʼzolari yana bir bora koʻrikdan oʻtkazilib, iqtidorli sportchilar shu yil 14–22-avgust kunlari Xitoy davlatida oʻtkazilishi rejalashtirilgan XXII jahon chempionatiga saralab olindi.
Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida 1-oʻrin mezbon – Surxondaryo viloyati terma jamoasiga nasib etdi. 2-oʻrinni buxorolik taekvondochilar qoʻlga kiritishgan boʻlsa, Toshkent shahri vakillari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi. Doimiy ravishda Oʻzbekistonning yetakchi jamoalari safidan joy olib kelgan Toshkent viloyati vakillari esa bu safar 4-oʻrin bilan cheklanishdi.