Bu Adliya vazirligi davlat röyxatidan ötkazgan yangi hujjatda belgilandi.
Adliya vazirligi Taʼlim taşkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun yiğimlar miqdorlari va ularni hisoblaş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimçani davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami 3739-1, 2026-yil 31-oktyabr).
Hujjatga köra, taʼlim taşkilotining murojaati asosida davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun bazaviy yiğim miqdori 4 baravar kamaytirilişi, yaʼni uning 25 foizi qöllanilişi mumkin.
Bunday imtiyoz quyidagi holatlarda beriladi:
— Prezident, Prezident Administratsiyasi rahbari yoki Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida tegişli taʼlim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş zarurati yuzaga kelganda;
— taʼlim taşkilotidagi amaldagi taʼlim dasturlarining kamida 50 foizi Özbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya taşkilotlari reyestriga kiritilgan taşkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan va uşbu natijalardan foydalaniş orqali baholaş işlari hajmini qisqartiriş imkoniyati mavjud bölganda;
— maxsus davlat akkreditatsiyasini masofaviy şaklda ötkaziş imkoniyati mavjud bölganda;
— bir vaqtning özida 10 ta va undan ortiq taʼlim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun murojaat qilinganda;
— turdoş taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkazişda umumiy moddiy-texnika bazasi, kadrlar yoki boşqa infratuzilmani takroran baholaş talab etilmasligi natijasida akkreditatsiya işlari hajmi qisqarganda.
Yangi tartib akkreditatsiya jarayonida baholaş işlari hajmi qisqargan yoki ularni ötkazişning muqobil imkoniyatlari mavjud bölgan taʼlim taşkilotlari uçun yiğimni kamaytirişga xizmat qiladi.