Tailand turistlarni 2021-yilgacha qabul qilolmaydi

    TTG Asia portalining xabar berishicha, Tailand turizm boshqarmasi (TAT) mamlakat turistlarni 2021-yilgacha qabul qilmasligi mumkinligini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, qirollik hukumati koronavirus olib kirilishi sababli yana pandemiya avj olishidan xavfsiramoqda.

    TAT rahbari Yutasak Supasornning soʻzlariga koʻra, pandemiyaga qadar turizm sohasida 4 mln kishi xizmat qilgan, ammo keyingi yarim yilda daromadning pasayishi natijasida ishsiz qolganlar soni 2,5 mln kishiga yetishi mumkin.

    Mamlakat pandemiyani yenggan, ammo yana kasallik holatlari aniqlanayotgan mamlakatlardan ham choʻchimoqda. Masalan, Vyetnamda koronavirus bilan bogʻliq holatlar qayd etilgani sababli xavfsiz “turistik yoʻlaklar” tashkil etish boʻyicha muzokaralarni toʻxtatgan.

    Tailand chegaralari qachon ochilishi mumkinligi borasida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytar ekan, “TAT rahbari oʻrinbosari Chattan Kunjara Na Ayudxya hukumat bu masalaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda”, — deb yozadi nashr.

    Ayudxyaning qayd etishicha, bunday noaniqlik mamlakat turizmiga kuchli salbiy taʼsir koʻrsatadi.