Tailandda kema cho'kib ketdi, 31 nafar dengizchi qidirilmoqda

    Bugun Tailand ko'rfazida 106 nafar dengizchi bo'lgan “Sukxotay” korveti (patrul va qo'riqlash harbiy kemasi) cho'kib ketdi. Qirollik dengiz floti 75 kishi qutqarilgani va 31 dengizchi qidirilayotganini ma'lum qildi.

    Harbiy-dengiz kuchlari ma'lumotlariga ko'ra, Prachuapkxirikxan provinsiyasidan 20 dengiz mili uzoqlikda kuchli shamol kemaning og'ishiga sabab bo'lgan, tizimga suv kirib, natijada elektr quvvati uzilgan va korvetni boshqarib bo'lmay qolgan.

    Harbiy-dengiz kuchlari voqea joyiga kema va vertolyotlar yuborgan. 75 kishi suvdan ko'tarilgan. Hududdagi kemalar qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

    AQSHda ishlab chiqarilgan “Sukxotay” korveti Tailand dengiz floti tomonidan 1987-yildan beri foydalaniladi.