The Nation nashrining xabar berishicha, Afrikadan kelgan odamda mpox virusining yangi shtammi aniqlandi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) mpoxning yangi “Clade Ib” shtammining tarqalishini sog'liqni saqlash yo'nalishidagi xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e'lon qildi. Bu JSSTning ikki yil ichida mpox bilan bog'liq ikkinchi bayonotidir.
Orthopoxvirus virsui sabab qo'zg'aladigan mpox birinchi marta 1970-yilda Kongo Demokratik Respublikasida odamlarda aniqlangan. Kasallik Markaziy va G'arbiy Afrika uchun endemik hisoblanadi.
Tailandda 2022-yilning yanvaridan joriy yilning 11-avgustigacha 827 ta "Clade II" shtammi qayd etilgan. Hozirgacha Tailandda yangi shtamm bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan edi, deb xabar beradi report.az.