7-avgust, shanba kuni Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida zoʻravonlik avj oldi. Politsiya namoyishchilarning tosh va petardlar otishiga qarshi koʻz yosh oqizuvchi gaz va rezina oʻqlardan foydalandi.

Namoyishchilar bosh vazir Prayut Chan-Ochaning isteʼfosini, monarxiya va qurolli kuchlar byudjetining bir qismini koronavirusga qarshi kurashga yoʻnaltirishni talab qilmoqda.

Oʻtgan yili boshlangan norozilik harakati soʻnggi haftalarda avj oldi. Sababi, rasmiylarning koronavirus infeksiyasining keskin oʻsishini nazorat qilishga urinishlari natija bermayapti.