Bosh konsulxona konsuli “Chonburi Hospital” kasalxonasida boʻlib hamyurtimiz holidan xabar oldi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida davolanish vaqtida yuzaga kelgan 352.257 Tailand bati miqdoridagi qarzdorlik ijobiy hal qilindi.

Xususan, tibbiy muassasa rahbariyati bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qarzdorlikning 101.000 bati bemor va homiylar tomonidan toʻlab berildi. Qolgan 251.257 bat (7400 AQSH dollari) miqdoridagi qarzdan kasalxona maʼmuriyati voz kechdi.

Shuningdek, hamyurtimizning pasporti yoʻqolganligi sababli unga Bosh konsulxona tomonidan Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va “Uzbekistan Airways” AJning «Bangkok–Toshkent« yoʻnalishidagi samolyotga aviachipta sotib olib berildi hamda bemor uchun maxsus joy ajratildi.