Joriy yil noyabr oyining birinchi yarmida 260 ming dollar miqdorida ana shunday mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Yilning oxiriga qadar shartnomaning toʻla hajmda bajarilishi kutilyapti. Tomonlar 2021-yilgi hosildan 1 000 tonnagacha mahsulot yetkazib berish boʻyicha yangi bitimni imzolashga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Tailand biznesi vakillarining fikriga koʻra, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifati, ajoyib taʼmi, qadoqlash oʻlchamlari va standartlariga muvofiqligi kelgusi yillarda Tailand bozoriga eksport xilma-xilligini kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatga ega.