Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, 2025-yil 1-maydan boshlab, Tailandga kiruvchi barcha chet el fuqarolari Tailandga kirish kartasini (Thailand Digital Arrival Card, TDAC) ushbu mamlakatga yetib kelish sanasidan 3 kun oldin maxsus platforma orqali olishlari shart.
Shu munosabat bilan Tailandga borishni rejalashtirgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Qirollikning mazkur qarorini hisobga olishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.








