Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o'tish vaqtida ko'mir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida 5 nafar noma'lum shaxslar vagonga osilgan. Tezkorlik bilan mazkur holatni ko'rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Oxangaron o'qchilik komandasi o'qchisi tomonidan vagonga chiqqan noma'lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to'xtatgan. Teplovoz to'xtagan vaqtda ushbu noma'lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan.
Hozirda mazkur noma'lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi