Unda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, viloyat tibbiyot muassasalari, Jizzax shahri va tumanlar tibbiyot birlashmalarining rahbarlari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

— Sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etish, pirovardida xalqimizni tibbiyotdan rozi qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda, — dedi Ergash Saliyev. — Bugungi uchrashuvning asosiy maqsadi sizlar bilan ochiq, samimiy muloqot qilib, tizimdagi bor muammolarni aniqlab, viloyat miqyosida hal boʻladigan masalalarni hal etish.

Tadbirda tibbiyot xodimlari oʻzlarining taklif va tizimdagi muammolar haqida gapirdi. Taʼkilanishicha, viloyatdagi koʻplab tibbiy muassasalridagi asbob-uskunalar eskirgan. Haligacha viloyatdagi davlat tibbiyot muassasalarida yangi zamonaviy magnit-rezonansli tomografiya – MRT yoʻq. Bemorlar ovora boʻlib, xususiy klinikalarga boradi.

— Sizlarning bugungi taklif va muammolaringizning hammasi yozib olindi. Ular mening stolimni ustida turadi. Bularning hammasiga yechim topamiz. Endi sizlar bilan tez-tez uchrashamiz. Keyingi uchrashuvda bugun bildirilgan taklif va muammolaringizni yechimi haqida sizlarga hisobot beraman, — dedi viloyat hokimi.

Farhod NEʼMATOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.