Maʼlumotga koʻra, 2025-yil yakunlariga koʻra, taksi agregatorlari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar va haydovchilar faoliyatiga oid muhim koʻrsatkichlar ochiqlandi.
Oʻtgan yil davomida jami 479 mln marta yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatilgan boʻlib, umumiy aylanma 9,6 trln soʻmdan oshdi. Toʻlovlar tarkibi hali ham naqd pul ustuvorligini koʻrsatmoqda:
- Naqd toʻlovlar: 6,7 trln soʻm (70,2%);
- Naqdsiz toʻlovlar: 2,8 trln soʻm (29,8%);
- Oʻrtacha chek qiymati: 20 082,5 soʻm.
Hozirda 224 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan.
Bugungi kunda agregatorlar orqali 574,6 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda.
- Ayol haydovchilar: Sohada 4 726 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.
- Yosh toifasi: Haydovchilarning asosiy qismi (59,1%) 30 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan shaxslardir.
Daromadlar taqsimotiga koʻra:
- 100 mln soʻmdan ortiq — 15,5 ming nafar;
- 50–100 mln soʻm — 36,9 ming;
- 10–50 mln soʻm — 143,8 ming;
- 5–10 mln soʻm — 71,8 ming;
- 1–5 mln soʻm — 146,7 ming;
- 1 mln soʻmgacha — 159,7 ming haydovchi.
Taksi xizmatida eng ommabop modellar uchligi:
- Cobalt – 23,7%
- Nexia – 20,7%
- Lacetti – 16,9%
Eʼtiborli jihati, bozorda elektromobillar ulushi 1,9% ni tashkil etdi. Avtomobillarning yoshi boʻyicha esa 3-5-yillik mashinalar (41,3%) koʻpchilikni tashkil etadi.
Tizimning shaffoflashishi natijasida 2025-yilda taksi agregatorlari tomonidan jami 128,2 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Shundan 63,6 mlrd soʻmi qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) hissasiga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot uchun: Sohadagi bunday shaffoflik nafaqat byudjet tushumlarini taʼminlaydi, balki yoʻlovchilar va haydovchilar xavfsizligini oshirishga xizmat qiluvchi sugʻurta va boshqa ijtimoiy kafolatlarni joriy etishga zamin yaratadi.