Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, bola 5-qavatda istiqomat qiladigan talab yigit tomonidan qutqarib qolingan.
Maʼlum qilinishicha, 5-qavatdagi talaba himoya vositalarisiz pastga tushib, bolaning hayotini saqlab qolgan.
Talaba yigitning soʻzlariga qaraganda, u 5-qavatdan 4-qavat balkoniga tushganida bir emas, uch nafar bola boʻlganini koʻrgan.
IIBB xabarida aytilishicha, mahalla profilaktika inspektori tomonidan bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.









