Talaba qiz Kumushkon mahallasida zamonaviy kutubxona ochdi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi, parkentlik Marjona Qiyomova Kumushkon mahallasida kutubxona ochish harakatida yurgan edi. Marjona Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi kichik loyihalar uchun grantlar tanlovida qatnashib, 200 nafarga yaqin ishtirokchi orasida yutib chiqdi.

    Quvonarli tomoni shundaki, Germaniya elchixonasi Marjonaning loyihasini amalga oshirishga dastlab 50 mln. so'm ajratgandi. Buni qarangki, parkentlik qizning shijoati, intuluvchan va tashabbuskorligi elchixona vakillarini ham to'lqinlantirib yubordi. Sрu bois, elchixona loyihani to'liq amalga oshirishga qaror qildi.

    Bugun Kumushkon mahallasida mazkur zamonaviy kutubxonaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

    Unda tuman hokimi Shohrux Shoahmedov, hokim o'rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.