Xabaringiz bor joriy yilning 16-18 aprel kunlari Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich musobaqalari bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa “Tokio-2020” Olimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etdi.

Musobaqa doirasida o'zbekistonlik qizlar tarixda birinchi marotaba guruh mashqlarining ko'pkurash yo'nalishida g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Quvonarlisi, ular orasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti badiiy gimnastika ta'lim yo'nalishi talaba-qizlari Kamola Irnazarova, Nilufar Shomuratova va Dinara Ravshanbekovalar ham shohsupaga ko'tarildi.

Ushbu g'alabalar yurtimizda xotin-qizlarning sport bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarning samarasi ekanligidan dalolat beradi.