Tanlovda 80 ta oliy taʼlim muassasasidan yurtimiz adib va shoirlari ijodini oʻrganishda faollik koʻrsatayotgan, oʻz ijodiy-ilmiy ishlari bilan koʻpchilikka namuna boʻlayotgan yoshlar ishtirok etdi.

1-oʻringa Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti Akrom Malikov munosib topildi. U “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

2-oʻringa Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi loyiq koʻrilib, 30 million soʻm pul mukofoti taqdim etildi.

3-oʻrinni Fargʻona davlat universiteti talabasi Qobiljon Shermatov va Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Malika Palimbetova qoʻlga kiritdi. Ularga 15 million soʻm pul mukofoti topshirildi, deya xabar qiladi OʻzA.