Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahar prokuraturasi, Mirobod tuman prokuraturasi, Mirobod tumani Aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda Toshkent farmatsevtika institutida talabalar bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkazildi.

Ushbu yarmarkada 10 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari, dorixonalar va shifoxonalardan tashrif buyurgan ish beruvchilar bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi va ko'plab talaba yoshlar bilan shartnomalar tuzishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkazilishidan oldin jami 650 dan ortiq talaba yoshlar ishlash istagini bildirgan edi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, hozirgi kunda institutda 3 ta fakul`tet, (Farmatsiya, Sanoat farmatsiyasi va O'zbek-Rossiya ta'lim) 17 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Ularda 3708 nafar talabalar tahsil olyapti.

Muxtasar aytganda, Toshkent farmatsevtika instituti yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi yo'lida zamonaviy, ilg'or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor.

 

Toshkent farmatsevtika instituti

Axborot xizmati