Lekin oʻzimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yoʻnalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda.

Hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “ogʻir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi boʻlishi taʼkidlandi.

Talabalar oʻrtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Bunday mahallalarga yangicha qiyofa olib kiradigan eng zoʻr loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 million soʻmdan mukofot beriladi.

Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusi shakllantirilishi taʼkidlandi.