Mazkur uchrashuvda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan badiiy, hujjatli, multiplikatsion filmlar hamda milliy seriallar, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrish, suratga olish jarayonlariga Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalarini jalb qilish, ularni kinematografiya sohasi bilan tanishtirish kabi masalalar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Shuningdek, talabalar kinematografiya sohasiga oid jarayonlar bilan tanishishlari, xorijiy studiyalar bilan chet el tajribasini oʻrganishi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Farhod Mahmudovning “Parining sovgʻasi”, taniqli prodyuser Aleksandr Kesselning “Quyosh lazzati” kabi ko-produksiyalar va filmlar ishlab chiqarish bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin, deb xabar beradi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.