Unda 300 dan ortiq xalqaro moliya institutlari, xorijiy yirik banklar, iqtisodiy tizim vakillari, investorlar, tranzaksiya maslahatchilar hamda yurtimiz vazirlik va idoralari mutasaddilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida investitsiya portfeli taqdimotlari va 6 ta sessiyada energetika, transport, suv xoʻjaligi, issiqlik energiyasi, inson kapitalini rivojlantirish sohalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazilib, tadbir yakunida 10 dan ortiq memorandum imzolandi.

Qayd etish lozimki, tadbir davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining Oliy taʼlim muassasalari uchun yotoqxonalar qurish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.