Talabalar uchun munosib sovg'a

    Keyingi avlod 1 Sentabr 2025 1408

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari uchun Mustaqilligimizning 34 yilligiga munosib sovg'a.

    Institutda yangi o'quv yili boshlanishi arafasida 1500 o'rinli o'quv binosi, 700 o'rinli talabalar turar joyi hamda zamon talabalariga mos sport markazi foydalanishga topshirildi.

    Ma'lumot o'rnida aytish joizki, ushbu yangi o'quv binosi zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari asosida qad ko'tardi.
    Unda 50 ta o'quv-auditoriya, fizika, kimyo va biologiya yo'nalishlariga moslashtirilgan 12 ta zamonaviy o'quv-laboratoriya, 4 ta 150 o'rinli ma'ruza zallari, 1 ta ma'naviyat zali, 2 ta kompyuter xonalari hamda Axborot resurs markazi mavjud.

    Shuningdek, Talabalar turar joyi 5 qavatdan iborat bo'lib, 700 o'ringa mo'ljallangan. Binoda 5 ta dars tayyorlash xonalari, 5 ta oshxona, 10 ta yuvinish xonalari va boshqa barcha qulayliklarga ega.