Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan markaz talabalarga “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatadi hamda ularning universitet tarkibiy boʻlinmalari va professor-oʻqituvchilari bilan uzviy aloqasini taʼminlaydi.
Mazkur markazda talabalarga taʼlim jarayoni boʻyicha maslahat (konsultatsiya) va akademik oʻquv jarayoniga oid axborot yordami berish, ularning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish, turli maʼlumotnomalar berish xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi