Talabalarga yana bir yaxshi imkoniyat

    Bu yil pandemiya sharoitidan kelib chiqib, talabalarga o'qishini ko'chirishda ham yengillik berildi.

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Abduvali Holiqovning maʼlum qilishicha, vazirlik tizimidagi OTMga oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish bali 66.1 ball yetib belgilandi.

    2021/2022 oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʻra oʻtish bali toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 35 foizi (66,1 ball) yetib belgilandi.

    Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2021/2022 oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar natijasiga koʻra toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.